l

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA ONLAYN TAʼLIM PLATFORMALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Authors

  • Najimova Amina Ismatillayevna

    Navoiy davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi
    Author

Keywords:

onlayn ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, bo‘lajak o‘qituvchi, raqamli kompetensiya, masofaviy o‘qitish, onlayn platformalar, pedagogik texnologiya, interaktiv ta’lim, elektron resurslar, virtual o‘quv muhiti

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida onlayn ta’lim platformalaridan foydalanishning pedagogik, metodik va texnologik asoslari tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, masofaviy va virtual ta’lim muhiti imkoniyatlaridan samarali foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan. Onlayn platformalarning didaktik vazifalari — o‘quv jarayonini individuallashtirish, ta’limni vizuallashtirish, interaktiv topshiriqlar orqali bilimni mustahkamlash hamda o‘qituvchilarda raqamli, metodik, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslar ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari onlayn platformalardan muntazam foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilarning darsga tayyorgarlik sifatini, axborot izlash va qayta ishlash tezligini, dars loyihalarining innovatsionligini sezilarli darajada oshirishini tasdiqlaydi. Shuningdek, ZiyoNET, Google Classroom, Moodle, Coursera va Khan Academy kabi platformalarning boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida qo‘llanishi samaradorlikka ega ekani ilmiy tahlillar asosida asoslab berilgan.

References

1. Elmurodov J.A. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun ochiq axborot-ta’lim muhitini yaratish va joriy etish metodikasini takomillashtirish // Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent, 2020. – 143 b.

2. Elmuratova D.M. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash (Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi misolida) // Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Guliston, 2020. – 48 b.

3. To‘raboyeva M.R. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxsiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi // Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Farg‘ona– 2022. – 56 b.

4. Turdibayev D.Х. Bоʻlajak bоshlangʻiсh sinf оʻqituvсhilarini хalqarо bahоlash dasturlari asоsida pedagоgik faоliyatga tayyоrlash metоdikasi // Pedagоgika fanlari dоktоri (DSс) ilmiy darajasini оlish uсhun tayyоrlangan dissertatsiya. – Nukus, 2024. – 199 b.

Downloads

Published

2025-11-12