l

TARBIYA FANI KONTEKSTIDA “RIYOZUS SOLIHIN” HADISLARINING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANI MUSTAHKAMLASHDAGI TA’LIMIY-POTENSIALINI TADQIQ ETISH

Authors

  • Axmedov Boburjon Vasikovich

    Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi o‘qituvchisi.
    Author

Keywords:

Hadislar, Tarbiya fani, axloqiy tarbiya, iymoniy mas’uliyat, ma’naviy yetuklik, pedagogik yondashuv

Abstract

Ushbu maqola “Riyozus Solihin” hadislarida aks etgan axloqiy va iymoniy tarbiya tamoyillarini tarbiya faniga mos ravishda tadqiq etadi. Imom Navaviy hadislarida ta’kidlangan uch bosqichli yondashuv – qo‘l, til va qalb – yoshlarning axloqiy ongini shakllantirish, ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish va ma’naviy yetuklikka erishish uchun muhim pedagogik mexanizm sifatida tahlil qilinadi. Maqolada hadislarni amaliy pedagogik jarayonlarda qo‘llash imkoniyatlari, shuningdek, yomon illatlar va odatlarga qarshi faol tarbiyaviy pozitsiya, muloqot orqali axloqiy tarbiya va ichki ma’naviy immunitetni shakllantirish usullari ko‘rib chiqiladi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu jarayonda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor.

2. O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazi. O‘zbekiston O musulmonlari idorasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Imom Navaviy. Riyozus solihiyn sharhi: Yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish haqida. 23-bob. 384-385 betlar. “Hilol nashr”. Toshkent-2023.

3. Tarbiya fani. Baxt va muvaffaqqiyat sirlari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik. Toshkent «O‘zbekiston» 2020.

Downloads

Published

2025-11-29