l

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA EMOTSIONAL HOLATLARNING GENDERGA XOS LINGVOKOGNITIV VA LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI

Authors

  • Uralova T.Sh

    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)
    Author

Keywords:

emotsional holat, gender, lingvokognitiv tahlil, lingvokulturologiya, antroponimika, onomastika, verbal muloqot, pragmatika, gender stereotiplari, uniseks ismlar.

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida emotsional holatlarning genderga xos lingvokognitiv va lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda hissiyotlarning nutqiy jarayonda namoyon bo‘lishi bilan bir qatorda, antroponimik tizimda (ismlar misolida) gender identifikatsiyasining aks etishi badiiy adabiyot va zamonaviy onomastik misollar yordamida yoritilgan. Xususan, o‘zbek ismlaridagi "o‘g‘il kutish" semantikasi va ingliz onomastikasidagi zamonaviy "uniseks" tendensiyalari lingvokulturologik jihatdan o‘rganilgan. Maqola yakunida har ikki madaniyatda emotsiyalarning verbal ifodalanishida erkak va ayollar nutqidagi pragmatik farqlar umumiylashtirilgan.

References

1. Abdullaeva, X. (2022). Specific features of emotional sentences in English and Uzbek languages. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 1778-1782.

2. Ashurova, D. U., & Galieva, M. R. (2018). Cognitive Linguistics. Tashkent: Vneshinvestprom.

3. Begmatov, E. (2016). O‘zbek ismlari ma’nosi. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

4. Goswami, U., Wang, H. L., et al. (2006). Phonological cues influence sex decisions about novel names. Journal of Cognitive Psychology, 89-105.

5. Gryunebaum, G. E. (1986). Klassicheskiy islam. Ocherk istorii (660-1258). Moskva: Nauka.

6. O‘razalieva, G. (2009). Gender va ayollar huquqiy madaniyati. Toshkent: Adolat.

7. Slater, A. S., & Feinman, S. (1985). Gender and the phonology of North American first names. Sex Roles, 13, 429-440.

8. Wierzbicka, A. (1999). Emotions Across Languages and Cultures: Diversity and Universals. Cambridge University Press.

Downloads

Published

2025-12-18