O‘ZBEK ADABIY TILIDA LEKSIK O‘ZLASHMALAR VA ULARNING O‘QITISH METODIKASI
Keywords:
leksik o‘zlashma, eski turkiy til, muqobil so‘z, so‘z yasash, adabiy til, til madaniyati, o‘qitish metodikasi.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lgan leksik o‘zlashmalar, ularning kelib chiqish manbalari va bugungi nutq amaliyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zlashma so‘zlarga eski turkiy til asosida muqobil birliklar topish yoki yangi so‘z yasash imkoniyatlari ilmiy-nazariy va metodik jihatdan yoritiladi. Maqolada umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalarida leksik o‘zlashmalarni o‘qitishda amaliy yo‘naltirilgan metodlardan foydalanish, o‘quvchilarda tilga ongli munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari o‘zlashma so‘zlarni to‘liq rad etmasdan, ularni milliy til imkoniyatlari asosida muvozanatli qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi
References
1. Hojiyev A. — Tilshunoslik terminlari izohli lug‘ati. — Toshkent: O‘qituvchi, 2015. — 120–125-b.
2. Rahmatullayev Sh. — Hozirgi o‘zbek adabiy tili. — Toshkent: Universitet, 2016. — 210–225-b.
3. Begmatov E. — O‘zbek tili leksikologiyasi. — Toshkent: Fan, 1985. — 98–115-b.
4. Yo‘ldoshev B. — O‘zbek tilining tarixiy leksikasi. — Toshkent: Akademnashr, 2012. — 60–78-b.
5. Mahmud Qoshg‘ariy — Devonu lug‘otit turk. — Toshkent: Fan, 1963. — 45–60-b.


