l

REVMATOID ARTRITNING RIVOJLANISH BOSQICHLARIDA YALLIG‘LANISH OLDI SITOKINLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI O`RGANISH

Authors

  • Amonova Shahrizod

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti 516-guruh talabasi
    Author
  • Iskandarova Farida Ismoilovna

    PhD
    Author

Keywords:

revmatoid artrit, yallig‘lanish oldi sitokinlari, interlerkinlar, TNF-α

Abstract

Revmatoid artrit (RA) - noma’lum etiologiyali immun yallig‘lanish (autoimmun) revmatik kasallik bo‘lib, surunkali eroziv artrit va ichki organlarning tizimli shikastlanishi bilan tavsiflanadi, natijada bemorlarning erta nogironligi va umr ko‘rish davomiyligining qisqarishiga olib keladi.

RA tashqi muhit omillari va genetik moyillik bilan o‘zaro ta’sirda kasallik evolyutsiyasining bir necha bosqichlaridan o‘tadi - klinik oldi va klinik, erta va rivojlangan RA uchun xos bo‘lgan klinik-laborator simptomokompleksning shakllanishi bilan yakunlanadi. Hozirgi vaqtda RA patogenezida yallig‘lanish oldi sitokinlari darajasi muvozanatining buzilishi muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotimizning maqsadi erta RA (eRA) va rivojlangan RA (rRA)da yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-1β, IL-6, IL-17 va TNF-α) darajasining ahamiyatini baholashdan iborat bo‘ldi. 103 nafar bemor tekshiruvdan o‘tkazildi (rRA-53 bemor va eRA -50 bemor). Bemorlarni tekshirish klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlarini baholash uchun quyidagi tahlillar o`tkazildi: DAS 28 indeksi bo‘yicha kasallik faolligini baholash, ECHT, SRO, IgM RF, SSPA darajasi va sitokinlarni (IL-1β, IL-6, IL-17 va TNF-α) o‘rganish. RAda IL-1β, IL-6 sitokinlarining qon zardobidagi darajasi DAS 28 indeksi bilan ijobiy bog‘liqligi, va IL-1β, IL-6, TNF-α ning IgM RF darajasi va IL-1β ning SSPA darajasi bilan bog‘liqligi aniqlandi. Shuningdek, ushbu guruhda IL-1β, IL-6, TNF-α va CRO darajasi o‘rtasida bog‘liqlik kuzatildi. Ammo IL-17 sitokin darajasi va klinik-laborator ko‘rsatkichlar o‘rtasida bog‘liqlik kuzatilmadi. da IL-1β, IL-6, IL-17 va IgM RF o‘rtasida eRA guruhida musbat korrelyatsion bog‘liqlik qayd etildi; IL-1β, IL-6 SSSP bilan. TNF-α va klinik-laborator ko‘rsatkichlar o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlik kuzatilmadi. Shuningdek, eRA guruhida sitokinlarning DAS 28 indeksi va SRO darajasi bilan korrelyatsion bog‘liqligi kuzatilmadi. Shunday qilib, tadqiqotimiz natijalari rRA va eRA immunopatogenezida asosiy rol o‘ynaydigan klinik va laborator ko‘rsatkichlar o‘rtasida va yallig‘lanish oldi sitokinlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

References

1. Aletaha D., Neogi T., Silman A.J. et al. 2010 Rheumatoid arthritis classification criteria: an American College of Rheumatology/European League Against Rheumatism collaborative initiative. Ann Rheum Dis 2010;69:1580—8.

2. Бабамурадова З.Б., Шодикулова Г.З. «Особенности диагностики и лечения суставного синдрома при недифференцированной дисплазии соединительной ткани». Американский журнал медицины и медицинских наук 10.4 (2020): 192-196.

3. Iskandarova F. I. REVMATOID ARTRIT VA NODIFFERENSIALLASHGAN ARTRITI BOR BEMORLARDA SITOKIN KOʻRSATKICHLARINING OʻRNI //Вестник Ассоциации Пульмонологов Центральной Азии. – 2025. – Т. 10. – №. 5. – С. 170-177.

4. Iskandarova F. I. REVMATOID ARTRIT RIVOJLANISHINING ERTA DAVRIDA YALLIG ‘LANISH OLDI SITOKINLARNING AHAMIYATI //Вестник Ассоциации Пульмонологов Центральной Азии. – 2025. – Т. 15. – №. 10. – С. 386-391.Каратеев Д.Е., Лучихина Е.Л. Современное состояние проблемы раннего артрита. Научно-практическая ревматология 2010;4(Прил. 2):27—31

5. Насонов Е.Л., Каратеев Д.Е., Ревматоидный артрит. В кн. Российские клинические рекомендации. Ревматология /Под ред. Е.Л.Насонова, 2020, с.17

6. Samuels J., Ng Y.S., Kupino S., Paget D., Meffre E. Violation of early B cell tolerance in patients with rheumatoid arthritis. J Exp Med. 2005;201(10):1659-67. doi: 10.1084/ jem.20042321.

7. Smolen J.S., Breedveld F.C., Schiff M.H. et al. A simplified disease activity index for rheumatoid arthritis for use in clinical practice // Rheumatology (Oxford). 2003. Vol. 42. P. 244–257.

8. Искандарова Ф. И. РОЛЬ ПОКАЗАТЕЛЕЙ ЦИТОКИНОВОГО СТАТУСА У БОЛЬНЫХ РЕВМАТОИДНЫМ АРТРИТОМ И НЕДИФФЕРЕНЦИРОВАННЫМ АРТРИТОМ //Medical Research Journal. – 2025. – Т. 1. – №. 2. – С. 35-43.

9. Шодикулова Г. З., Бабамурадова З. Б., Искандарова Ф. И. Патогенетическая Значимость Нарушения Баланса Цитокинов В Изучении Особенностей Развития И Течения Недифференцированного Артрита На Этапах Развития Ревматоидного Артрита //Research Journal of Trauma and Disability Studies. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 39-43.

Downloads

Published

2026-02-19