l

GIYOHVAND MODDALAR SAVDOSINING YOSHLAR ORASIDAGI DOLZARB MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Authors

  • Vaqqasxonova Durdonaxon Muzaffar qizi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi
    Author

Keywords:

Ijtimoiy - iqtisodiy profilaktika, giyohvand moddalar, psixologik moddalar, raqamli platformalar, normativ huquqiy hujjatlar, siyosiy-huquqiy tahlil

Abstract

Maqola 21-asr texnologiyalari va onlayn platformanalarning, xususan telegramning, giyohvand moddalar savdosining kengayishidagi rolini tahlil qiladi. Tadqiqot maqsadi giyohvand moddalarni reklama qilish, uning oldi sotdisida internetning rolini o'rganish, va ta'sir choralarini tahlil qilish, giyohvand moddalarga ruju qoyish sabablarini aniqlash va siyosiy huquqiy mehanizmni takomillashtirish boyicha tavsiyalar berishdan iborat. Tadqiqot obyekti O'zbekiston sharoitida giyohvand moddalarning onlayn platformanalar orqali tarqatilishi, savdosi va ularning iste'mol qilinishi bilan bogliq ijtimoiy-huquwiy jarayonlar. Tadqiqot predmeti Onlayn xususan telegram platformasi giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga olib keluvchi sharoit, iste'molchilarning giyohvand moddalarga ruju qoyishning asosiy sabablari boladigan omillari, ushbu jarayonga qarshi kurashish mexanizmining samaradorligi. Ishda O'zbekiston va Buyuk Britaniya qonunchiligi asosida giyohvand moddalar savdosiga qo'llaniladigan normativ huquqiy mexanizmlar solishtiriladi. Maqolada giyohvand moddalar savdosining yoshlar orasida kengayishi sabablari, iqtisodiy, ijtimoiy va oilaviy omillari tahlil qilinadi. Tadqiqot methodologiyasi sifatida miqdoriy sotsiologik so'rovnoma va normativ huquqiy hujjatlarni normativ tahlil qo'llaniladi. Natijalar internet orqali giyohvand moddalar savdosi va yoshlar orasida ruju qo'yish jarayonining murakkab ko'p omilli ijtimoiy hodisa ekanligini, huquqiy choralar samaradorligi esa profilaktika va sanksiyalar uyg'unligi bilan bogliqligini korsatadi. Tadqiqot giyohvand moddalar bilan onlayn savdoga qarshi kurashishda ilmiy strategiyalarni ishlab chiqishi uchun nazariy ahamiyatga ega.

References

1.A.K.Cohen. (1995). The Culture of the Gang. Free Press. Delinquent Boys.

2.Acts, U. P. (1971). Misuse of Drugs Act 1971. Получено из legislation.gov.uZ: legislation.gov.u

3.B. Redonnet, A. Chillet, E. Kombonne , L. Bowed, M. Melchior . (2011). llegal drug use among young adults. Drug and Alcohol Dependence.

4.elshod.s (8 may 2024 г.). O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash takomillashtiriladi. Получено из gazeta.uz.

5.M. Vasek, E. Mariconti, D. Johnson. (2023). Understanding and preventing the advertisement and sale of illicit drugs to young people through social media: A multidisciplinary scoping revie. DRUG AND ALHAHOL.

6.Michael G Vaughn,Jeffrey J Shook,Brian E Perron,Arnelyn Abdon and Brian Ahmeda. (2025). Patterns and correlates of illicit drug selling among youth in the USA. DOVEPRES.

7.Fayzulla. A. (12 aprel 2024 г.). O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GIYOHVANDLIK VA PSIXOTROP VOSITALARI HAMDA ULARNING TARMOQLARIGA OID MASALALAR. Получено из scientific-jl.com.

8.tuxsinov, d. (11 mart 2025 г.). O‘zbekistonda giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar keskin oshdi. Получено из kun.uz.

Downloads

Published

2026-02-26