SAVDO VA KO‘NGILOCHAR MARKAZLARDA INTERAKTIV VA O‘ZGARUVCHAN FASAD DIZAYNI
Keywords:
Savdo markazi, ko‘ngilochar markaz, interaktiv fasad, o‘zgaruvchan dizayn, arxitektura yechimlari, visual jozibadorlik, energiya samaradorligiAbstract
Maqolada savdo va ko‘ngilochar markazlarning tashqi ko‘rinishini shakllantirishda interaktiv va o‘zgaruvchan fasad dizaynining innovatsion arxitekturaviy yechimlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — fasad elementlarining zamonaviy texnologiyalar asosida loyihalashtirish mezonlarini aniqlash va ularni amaliy loyihalarda qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishdir. Ish doirasida dunyo va mahalliy tajriba tahlil qilinib, interaktiv fasad dizaynining estetik, funksional va ekologik jihatlari baholandi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, interaktiv va o‘zgaruvchan fasad dizayni nafaqat markazning vizual jozibadorligini oshiradi, balki tashrif buyuruvchilar tajribasini yaxshilash, markazning imidjini mustahkamlash va binoning energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston sharoitida bunday fasadlarni loyihalashtirish uchun parametrik va modul yechimlar taklif etiladi. Ushbu yondashuv savdo va ko‘ngilochar markazlarni shahar makoniga uyg‘unlashtirish, shuningdek, jamoat interaktivligini va urbanistik muhit sifatini oshirish imkonini beradi
References
1. Khomeiri F., Pazhouhanfar M., Stoltz J. The impact of architectural facade attributes on shopping center choice: a discrete choice modeling approach // Buildings. – 2025. – Vol. 15, № 17. – Art. 3161. – 12 p. DOI:10.3390/buildings15173161.
2. Panya D.S., Kim T., Choo S. A methodology of interactive motion facades design through parametric strategies // Applied Sciences. – 2020. – Vol. 10, № 4, Article 1218. – 14 p. DOI:10.3390/app10041218.
3. Yehia M.M. The marketing impact of interactive façade store design // Journal of Design Sciences and Applied Arts. – 2024. – Vol. 5, № 2, pp. 518–529. – 12 p. DOI:10.21608/jdsaa.2024.236081.1378.
4. Cheibas I., Lloret-Fritschi E., Rachele C. et al. Emerging building technologies and their impact on facade design. – ETH Zürich: Research Collection, 2024. – 48 p.
5. Wang C., Ding H., Gath Morad M. A systematic review: affective perception on urban facades // arXiv. – 2025. – 22 p.
6. Arxitekturaviy loyihalash asoslari. – JDPU: Axborot resurs markazi, 202x. – 156 p. – PDF fayl.
7. Abduraimov Sh.M., Shavkatova Sh.Sh. O‘zbekiston shaharlarida jamoat savdo markazlarining tarixiy shakllanish asoslari // Gospodarka i Innowacje. – 2022. – pp. 1–10.
8. Нуримбетов Р.И. Архитектура, строительство и дизайн. – Т.: “Umid Design”, 2024. – 388 с.


