“INFORMATIKANING NAZARIY ASOSLARI” FANINI O‘QITISHGA OID ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
Keywords:
Bulutli ta’lim, aralash ta’lim, mikro-ta’lim, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli pedagogika, ta’lim samaradorligi.Abstract
Ushbu maqolada oliy ta’limda “Informatikaning nazariy asoslari” fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari tadqiq etilgan. Maqolada ta’lim jarayonini transformatsiya qiluvchi bulutli ta’lim (SaaS, PaaS, IaaS), aralash ta’lim (Flipped Classroom) modellarining metodik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, talabalarning fanga qiziqishini va o‘zlashtirishini oshirishda mikro-ta’lim hamda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari asoslab berilgan. Shu bilan birga, raqamli muhitda yuzaga keladigan kiberxavfsizlik muammolari va ularni bartaraf etishda talabalarning salohiyati tahlil qilingan. Tadqiqot xulosalari infratuzilmaviy to‘siqlarni yengish va oliy ta’limda raqamli pedagogika metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.
References
1. Abdullaev, A. (2019). Zamonaviy ta’lim va texnologiyalarning o‘zaro aloqasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti.
2. Allamova, Sh. Sh., Rizayeva, S. D., & Milosz, M. (2023). Informatikaning nazariy asoslari (O‘quv qo‘llanma). Chirchiq: “Olmaliq kitob business” nashriyoti, 212-b.
3. Iskandarov, S. (2018). Zamonaviy texnologiyalar va jamiyat. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti.
4. O‘rozov, B. (2020). O‘zbek adabiyotida texnologiya va ilm-fan tasviri. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.
5. Yusupov, E. X., Madaminova, F. G‘., & Quzratov, Sh. N. (2023). Zamonaviy texnologiyalar turlari va ularning ta’limdagi o‘rni. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ilmiy to‘plami.


