ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR PSIXOLOGIYASI: SENSOR YETISHMOVCHILIKNING SHAXS SHAKLLANISHIGA TA’SIRI
Keywords:
surdopsixologiya, sensor yetishmovchilik, shaxs shakllanishi, kompensator mexanizm, hissiy rivojlanish, ijtimoiy moslashuv, nuqson nazariyasi, psixologik-pedagogik yordamAbstract
Mazkur maqola eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar psixologiyasining nazariy asoslarini — xususan, sensor yetishmovchilikning shaxs shakllanishiga, hissiy-irodaviy soha va o‘zini o‘zi baholash jarayonlariga ko‘rsatadigan ta’sirini — tahlil qilishga bag‘ishlangan. Eshitish analizatorining cheklangan faoliyati birlamchi nuqson sifatida kognitiv, nutqiy va ijtimoiy rivojlanishda ikkilamchi o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi L.S.Vigotskiyning nuqson-kompensatsiya nazariyasi asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada surdopsixologiya fani doirasida o‘rganilgan bilish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy moslashuv va shaxslararo muloqot muammolari yoritiladi. Bundan tashqari, kompensator mexanizmlarning psixologik ahamiyati va psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
References
1. Vigotskiy, L.S. (1983). Osnovy defektologii. Moskva: Pedagogika, 368 s.
2. Boskis, R.M. (1963). Glukhie i slaboslyshashchie deti. Moskva: Izd. Akademii pedagogicheskikh nauk RSFSR.
3. Solovyov, I.M. (1971). Psixologiya poznavatel’noy deyatel’nosti normal’nykh i anomal’nykh detey. Moskva: Prosveshcheniye.
4. Marschark, M. (2015). Raising and Educating a Deaf Child. Oxford University Press.
5. Nurkeldiyeva, D.A., Hamidova, M.U. (2016). Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar diagnostikasi. Toshkent: Nisim.
6. Levina, R.E. Narusheniya rechi u detey. Moskva: Pedagogika.
7. Ablieva, M.S. Surdopedagogika asoslari: o‘quv qo‘llanma. Toshkent: Fan va texnologiya.
8. Axrorova, Z., Abdullaeva, G., Tursunov, R. va boshq. (2021). Pedagogika nazariyasi. Toshkent.
9. Mirziyoyev, Sh.M. (2021). Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860-son qarori. “Nogironligi bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish tartibi to‘g‘risida”. Lex.uz.


