HISTORICAL CONTINUITY OF STATEHOOD, SCIENCE, AND EDUCATIONAL-CULTURAL DEVELOPMENT IN THE KHOREZM OASIS: FROM ANCIENT CIVILIZATION TO THE KHANATE OF KHIVA
Keywords:
Xorazm vohasi, davlatchilik tarixi, sug‘orma dehqonchilik, bronza davri, temir davri, shaharsozlik, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Abu Rayhon Beruniy, ilmiy tafakkur, tibbiyot tarixi, ta’lim tizimi, Xiva xonligi, Qo‘ng‘irotlar sulolasi, tarixiy davomiylik, madaniy meros.Abstract
Mazkur maqolada Xorazm vohasida qadimgi davrlardan XIX asr oxirigacha bo‘lgan davrda davlatchilik, ilm-fan, ta’lim va madaniy jarayonlarning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda tarixiy davomiyligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, Amudaryo quyi oqimida sug‘orma dehqonchilik madaniyatining vujudga kelishi, bronza va temir davrlarida o‘troq manzilgohlarning rivojlanishi, qadimgi Xorazm davlatchiligi va shaharsozlik an’analarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar yoritilgan. Shuningdek, IX–XII asrlarda mintaqada ilmiy tafakkurning yuksalishi, Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyati, astronomiya, matematika, geografiya, tibbiyot va boshqa fanlarning taraqqiyoti tarixiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganilgan. XVI–XIX asrlarda Xiva xonligidagi maktab va madrasalar faoliyati, ilmiy-adabiy muhit, tarixnavislik, tarjimachilik, me’morchilik hamda Qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronligi davridagi madaniy o‘zgarishlar tadqiq etilgan. Tadqiqot natijasida Xorazmning tarixiy taraqqiyotida tabiiy-geografik sharoit, siyosiy boshqaruv, iqtisodiy munosabatlar va ilmiy-ma’rifiy institutlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik madaniy rivojlanishning muhim omillaridan biri bo‘lganligi asoslangan.
References
Nazarov O. R. Musulmon renessansi davrida O‘rta Osiyoda fan va madaniyat rivoji tarixi: darslik. — Toshkent: Lesson Press, 2023. — 219 b.
2. Nazarov O. R., Holiqov S. Ajdodlar merosi — ibrat maktabi: monografiya. — Toshkent: Lesson Press, 2023. — 110 b.
3. Nazarov O.R., Isroilov M.A., Mirzaliyev U.B. Xorazm mintaqasida o‘troq turmush tarzining shakllanishi va rivojlanishi (bronza va temir asri). Monografiya. — Toshkent: Lesson Press, 2021. — 89 b.
4. Nazarov O.R., Isroilov M.A., Samadov B. Xorazm Ma’mun akademiyasi tarixidan (o‘tmishi va buguni). Monografiya. — Guliston, 2021.
5. Nazarov O.R., Ne’matov R., Jo‘rayev I. O‘rta osiyolik qomusiy mutafakkirlarning jahon fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi. Monografiya. — Guliston: Lesson Press, 2021. — ISBN 978-9943-7023-1-8.
6. Nazarov O.R. O‘rta Osiyo xonliklarida ta’lim tizimi va uning faoliyati (XVI–XIX asrlar). Monografiya. — Toshkent: Lavita Print, 2025. — 90 b.
7. Nazarov O.R., Kanimkulov O.Sh., Ne’matov R.A. O‘zbekiston davlatchiligi tarixida Qo‘ng‘irotlar sulolasining tutgan o‘rni. Monografiya. — Guliston: Lesson Press, 2022. — 92 b.
8. Nazarov O.R., Rakhimova Kh. Great Contribution to Science by the Encyclopedia of Scientist Abu Rayhan Beruni // International Journal of Intellectual and Cultural Heritage. — 2022. — Vol. 2, Issue 4. — B. 27–33. —
9. Nazarov O.R., Shirinqulova S. Great Contribution to Science by the Encyclopedia of Scientist Abu Rayhan Beruni // Analysis of Modern Science and Innovation. — 2025. — Vol. I, No. VIII. — B. 397 dan boshlab.
10. Ilm sarchashmalari. Ilmiy-nazariy, metodik jurnal. — Urganch: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, 2026. — 2-son (fevral).
11. Markaziy Osiyo xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyati: zamonaviy tadqiqotlar, muammo va o‘rganish usullari. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. — Jizzax, 2023-yil 31-oktabr.
12. Markaziy Osiyo tarixi va arxeologiyasi: an’analar, innovatsiyalar va istiqbollar. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman dasturi. — Toshkent, 2021. (Unda “Xorazm vohasida tibbiyot ilmi ravnaqi xususida (IX–XII asrlar)” ma’ruzasi qayd etilgan.)


